Yoshlar akademiyasining assambleyasi

1. Platforma hisoblanadi
2. Yoshlar akademiyasining assambleyasi aʼzolari:
  - 13 nafari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari;
  - 8 nafari - Toshkent shahridagi Yoshlar akademiyasi liderlari;
  - Yoshlar akademiyasi rahbaridan iborat boʻladi.8 nafar aʼzo - Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari;
3. Yoshlar akademiyasining assambleyasi tarkibi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
4. Yoshlar akademiyasining assambleyasi aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
5. Yoshlar akademiyasining assambleyasi yigʻilishlari unda Yoshlar akademiyasining assambleyasi aʼzolarining kamida yarmidan koʻp qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
6. Yoshlar akademiyasining assambleyasining vazifalari:
   - Yoshlar akademiyasining ish rejalari va chora-tadbirlar dasturlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
   - Yoshlar akademiyasi liderlarining faoliyati natijalari koʻrib chiqadi va yangi yoʻnalishlarini belgilab beradi;
   - “Boʻlajak olim” tanlovi va “Akademik harakatchanlik” dasturlari doirasida kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqadi va xulosa beradi;
   - Yoshlarning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy muammolarini aniqlash va uni yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
   - Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kreativ takliflar ishlab chiqadi va asosiy vazifalarni belgilaydi;
   - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarni yuqori saviyada amalga oshiradi;
7. Davlat rahbari, Bosh vazir, Administratsiya rahbari va vazir ishtirokidagi yigʻilishlarga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻradi hamda Yoshlar akademiyasi faoliyatidan kelib chiqqan holda hisobotlar va takliflar ishlab chiqadi;
8. Yoshlar akademiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlash maqsadida manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini jalb qiladi;
9. Yoshlar akademiyasining assambleyasi tarkibidan chiqarish aʼzolik boʻyicha belgilangan shartlar va talablar bajarilmagan taqdirda Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi xulosasiga koʻra, shuningdek ixtiyoriy tarzda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.